SI'dan rostdan foydasi tegadigan chuqurroq javob olmoqchi bo'lsangiz…
Ideal formula bor:
- Rol
- Kontekst
- Kutilayotgan natija + kutilmayotgan natija
Bugun faqat rol haqida gaplashamiz. Qolganlarini keyingi postlarda.
Har doim mutaxassis rolini bering.
Oddiy "yordam ber" deb yozsangiz — shunga yarasha javob chiqadi.
Lekin "sen PwC, Deloitte'da... 20 yillik tajribaga moliyaviy analitiksan" desangiz… SI birdan boshqa darajaga chiqadi.
Sababi texnik jihatdan bunday: SI ichida nima desangiz hamma ma'lumot bor — dizayn, huquq, tibbiyot, marketing, dasturlash, psixologiya... Hammasi bir vaqtda. Rol bermasangiz, umumiy baza orasidan javob qidiradi. Natija esa — yuzaki, umumiy, qoniqarsiz, mujmal...
Lekin aniq rol bersangiz — u keraksiz ma'lumotlarning 90 foizini chiqarib tashlaydi. Faqat o'sha mutaxassis bilgan narsaga fokus qiladi. Javob esa aniqroq, chuqurroq, amaliyroq chiqadi.
Tasavvur qiling: rolsiz SI'dan so'rash — 1000 kishilik olomonga savol berish. 1000 xil javob olasiz. Lekin rol bersangiz — o'sha olomon ichidan bitta mutaxassisni tortib olib, u bilan 1 ga 1 o'tirasiz.
O'zim deyarli har doim shunday qilaman. Oddiy prompt bilan 10 daqiqa o'ylagan ishni, to'g'ri rol berganimizda 2 daqiqada hal qilasiz.
Har safar "qanday rol bersam ekan" deb bosh qotirmaslik uchun men SI ichida alohida chat ochib qo'yganman. Shunchaki matn tashlayman — u o'zi mukammal rol qo'shib, yaxshilangan prompt chiqarib beradi.
Natija$1 Har kuni bir necha soat vaqt tejalishi.
Xullas, oddiy prompt — oddiy natija. Mutaxassis roli — amaliy natija.