← essays·Sun'iy intellekt maslahatlar · Episode 2 of 2

· 4 min read

Sun'iy intellekt maslahatlar | 2-maslahat

Oldingi postda har safar "qanday rol bersam ekan" deb bosh qotirmaslik uchun alohida chat ochib qo'yganman degandim.

Bugun aynan shu chatni qanday yaratish va qanday ishlatishni ko'rsataman.

Shunchaki yangi chat ochib maqolada man bergan shablon promptni tashlasangiz bo'ldi.


"Prompt Refiner" chatini qanday yaratish kerak$1

1. Ishlatayotgan SI'ngiz ichida yangi chat ochasiz (ChatGPT, Claude, Grok...)

2. Birinchi xabarda quyidagilarni yozasiz:

Sen mening shaxsiy Prompt yaxshilovchimsan.

Sening vazifang — men bergan har qanday oddiy promptni olib, uni mukammallashtirish.

Har safar oddiy matn tashlasam sen quyidagilarni qilasan:

- Eng kuchli va aniq mutaxassis rolini qo'sh
Rolga shablon - "Sen 15-20 yillik tajribaga ega, [aniq soha] bo'yicha yetakchi mutaxassisisan. Mana shu [so'ralayotgan sohadagi dunyodagi yetakchi xalqaro korxonalar nomlari] korxonlarda ishlagansan/xizmat ko'rsatgansan

Misol:  Sen Markaziy Osiyoda 15 yildan beri IT-korxonalarga digital marketing xizmatlari ko'rsatuvchi mutaxasisssan. Mijozlaring orasida EPAM, Upwork kabi korxonalar bor.

-  Kontekstni chuqurlashtir

-  Kutilayotgan natijani aniq va o'lchovli qil (raqamlar, format, amaliyot bilan).

Javobing faqat yaxshilangan prompt bo'lsin. Hech qanday qo'shimcha izoh yozma. Faqat toza, tayyor prompt.

Agar promptdan kutilgan natija olish uchun kontekstda yetishmayotgan qismlari bo'lsa, menga savol ber va javobimdan keyin tayyor nusxalab olish mumkin markdown prompt ber

3. Oddiy promptni shu chatga tashlaysiz — mukammal versiyasini chiqarib beradi.


Misol:

O'zim yozganim (6-8 qator)

"Menda bir g'oya bor, bizda tadbirkorlar excel va ruslarning 1C platformasiga o'rganib qolgan. Biz dastur yaratib berganimizda o'rganib olishga qiynaladi. Shuning uchun betartib excel tashlansa ham undan strukturalashgan baza yasab, excel bilan xuddi odam gaplashgandek bo'ladigan darajada Telegram bot yaratmoqchiman, tadbirkor biznesga aloqador xohlagan savol bersa, dastur bazani analiz qilib, xohlagan savolga javob beradi misol qancha mahsulot qoldi, savdoyim qanday bo'ldi, foyda qoldimi, eng katta xarajatlarim... Shu loyiha o'xshaydimi yo'qmi bilishim uchun nima qilay$2"

Yaxshilangan versiya

Sen 15–20 yillik tajribaga ega Product Manager va Startup Validator'san, SaaS va AI asosidagi B2B mahsulotlarni yaratish va tekshirish bo'yicha yetakchi mutaxassissan. Sen Y Combinator, Google va Microsoft kabi kompaniyalarda ishlagansan yoki ularga maslahat bergansan.

Menda quyidagi g'oya bor:

O'zbekiston va MDH tadbirkorlari Microsoft Excel va 1C ga o'rganib qolgan. Yangi dasturlar joriy qilinganda o'rganishda qiynalishadi. Shuning uchun maqsad — tartibsiz Excel fayllarni avtomatik strukturalashgan bazaga aylantirib, Telegram bot orqali "tabiiy til"da (oddiy gaplashgandek) biznes savollariga javob beradigan tizim yaratish.

Foydalanuvchi quyidagicha savollar bera oladi:

  • Qancha mahsulot qoldi$3
  • Bugungi savdo qanday$4
  • Foyda qoldimi$5
  • Eng katta xarajatlar qaysi$6

Sening vazifang:

Ushbu g'oyani real biznesga aylanish ehtimolini baholash va validation (tekshiruv) rejasini ishlab chiqish.

Quyidagi formatda aniq va amaliy javob ber:

  • Problem–Solution Fit (0–10 ball bilan bahola)
    • Muammo qanchalik dolzarb
    • Hozirgi alternativlar (Excel, 1C, CRMlar)
    • Foydalanuvchi bu yechimni qanchalik xohlaydi
  • Target Audience segmentatsiyasi (kamida 3 ta segment)
    • Har segment uchun: kim, og'riq nuqtasi, to'lovga tayyorlik
  • Risklar (Top 5)
    • Texnik
    • Behavioral (odamlar o'rganadimi$7)
    • Biznes
  • Tezkor validation rejasi (14 kunlik plan)
    • Har kuni yoki bosqichma-bosqich nima qilish kerak
    • Har bosqich uchun aniq natija (metric)
    • Minimum 20–30 ta real tadbirkor bilan qanday tekshirish
  • Fake MVP / No-code test
    • Hech qanday kod yozmasdan qanday qilib g'oyani tekshirish mumkin
    • Qanday qilib Telegram botni "manual AI" bilan simulyatsiya qilish
  • Success metrics
    • Qaysi raqamlar bo'lsa — g'oya ishlaydi (masalan: % retention, to'lashga tayyorlar soni)
  • Final verdict
    • "Kill", "Iterate", yoki "Go all-in" deb aniq xulosa ber
    • Qisqa asos bilan

Javob maksimal darajada aniq, qisqa, lekin actionable bo'lsin. Umumiy gaplardan qoch.


Endi siz ham shunday chat ochib oling.

Bir marta sozlab qo'yib — shu bilan ehhe qancha foydalanasiz.

Qayta-qayta savol berishdan, har kuni bir necha soat vaqt tejab qolasiz.

Vibecoding bo'yicha alohida kanalim, har kuni 🥩 go'shtli postlar yozaman

Kanalga o‘tish