· 1 min read

Bunker o'yini

Mafiadan ham qiziqroq o‘yin topib oldik )

Jamoaviy hordiqqa yaxshi ekan, ishdan keyin ham o'ynasa bo'ladi.
Kimdurlarni umumiy boshqa qirradan kashf qilasiz.

Nomi — Bunker.

O‘yin mohiyati oddiy.

Tashqarida katta ofat bo‘lgan.

Virus, toshqin, yadro portlashi yoki shunga o‘xshash bir balo.

Endi kichik bir guruh odam bunker ichida omon qolishi kerak.

Muammo shunda-ki — hamma sig‘maydi.

Aytaylik, o‘yinda 5-20 kishi bor.

Hammasi har xil kasb egalari.

Kimdir shifokor. Kimdir muhandis.

Kimdir oshpaz. Kimdir psixolog.

Kimdir esa... foydasi bor-yo‘qligi noma’lum odam )

Har bir kasb egasining - yoshi, jinsi, sog'lig'i holati, zaif tomoni, siri, xarakteri, maxsus qobiliyati... bor.

Bunkerga esa faqat 4 kishi sig‘adi.

Endi har bir o‘yinchi o‘zini kerakli odam ekanini isbotlashi kerak.

Gapiradi. Ishontiradi. Bahslashadi.

O‘z kasbining qiymatini sotadi.

Boshqalarni esa “koloniya uchun xavfliroq” qilib ko‘rsatishga harakat qiladi.

Xullas, o‘yin ichida argument berish, sotish, ishontirish, tez fikrlash, tahlil bor.

Mafiada asosan rol o'ynab yutish bo'lsa, bu yerda hayotiy muhim ko'nikma "o'zingizni sota olishingiz kerak".

Kimdur qo'lida zo'r karta bo'lib ham o'ynolmasligi, kimdur keraksiz kasb bo'lib bunkerda omon qolishi mumkin )

Alohida bot ham yasab qo‘ydik.

Ichida 10 xil ssenariy bor.

Har bir ssenariyda 20 tadan kasb.

Har bir kasbda 5 xil variatsiya.

Bot random kasb va variatsiya tanlaydi.

Ya’ni bitta ssenariyni bir necha marta o‘ynasangiz ham zerikmaysiz.

O‘ynab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz:

@bunker_data365_bot - guruhga qo'shib o'ynayversangiz bo'ladi.

Matnlariga chuqur kirisha olmadik, sal jonsizroq chiqqan, aybga buyurmaysiz.

Vibecoding bo'yicha alohida kanalim, har kuni 🥩 go'shtli postlar yozaman

Kanalga o‘tish