ยท 7 min read

Biznes IT-lashishi uchun 2 xil yechim bor

Biznesni raqamlashtirmasangiz:

  • Raqobatdan orqada qolasiz
  • Kengaya olmaysiz
  • Hech narsani prognoz qilolmaysiz

Raqamlashtirish uchun esa, 2ta yo'l bor:

  1. Obuna asosidagi servislar (SaaS)
  2. O'zi uchun noldan platforma yasash

1-yo'l: Obuna asosidagi servislar (SaaS)

Tayyor yechimlar yordamida muayyan biznes muammolarini hal qilish. Telegram, Yandex, Uzum kabi maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanish.

data365 o'zi ham: ClickUp (vazifalar), Notion (hujjatlar), Jibble (davomat), Slack (muloqot), Adesk (buxgalteriya) kabi toollardan foydalanadi.

Yutuqlari

  • Arzon narx: Billz kabi servislar 299,000โ€“999,000 so'm/oy. Noldan tizim yaratish esa minimum $3,000โ€“$20,000.
  • Tez rivojlanish: Har oy yangi imkoniyatlar, har yili katta yangilanishlar.
  • Sozlangan holda keladi: Mutaxassislar tomonidan yaratilgan, tez joriy qilish mumkin.

Kamchiliklari

  • Ma'lumotlar xavfsizligi: Maxfiy ma'lumotlar sizning nazoratizda bo'lmasligi mumkin.
  • Chekli sozlash: Biznes o'sganda tayyor servis to'liq ehtiyojlarni qondira olmasligi mumkin.
  • Ortiqcha funksiyalar: 100 ta imkoniyatdan faqat 4 tasini ishlatishingiz mumkin.
  • Platformaga bog'liqlik: Servis ishlamay qolsa, biznesingiz ham to'xtaydi.

2-yo'l: Noldan o'z platformangizni yaratish

Sizning biznesingizga to'liq mos keladigan maxsus tizim yaratish. Ikki variant bor: no-code va an'anaviy dasturlash.

Yutuqlari

  • To'liq moslik: Yechim sizning jarayonlaringizga moslashadi, aksincha emas.
  • Raqobatdosh ustunlik: Raqiblaringiz qila olmaydigan innovatsion g'oyalarni amalga oshirish imkoni.
  • Ma'lumotlar xavfsizligi: Maxfiy ma'lumotlar to'liq nazorat ostida.

Kamchiliklari

  • Yuqori narx: UDEVS kabi firmalar minimum $20,000; SAP $15,000 dan boshlaydi.
  • Ko'p vaqt: Talablar aniq bo'lsa ham kamida 4 oy kerak bo'ladi.
  • Doimiy xarajat: Yangilanishlar va sozlamalar qo'shimcha resurs talab qiladi.

Xulosa

Kichik va o'rta biznes uchun tayyor servislar asosiy muammolarni hal qilsa, obuna yondashuvi samarali.

Biznes ehtiyojlari noyob bo'lsa va tayyor yechimlar yordam bermasa, noldan yaratish yaxshiroq sarmoya bo'ladi.

data365 jamoasi 3 yildan beri biznes avtomatizatsiyasi bilan shug'ullanadi.